Bugun Toshkent shahar hokimi o'rinbosari boshchiligida tuman hokimi hamda tegishli soha mutasaddilari tumanimizning “Yangi Gulzor” mahallasida bo’lib, oilaviy tadbirkorlik bilan shug’ullanayotgan fuqarolar faoliyatini o’rgandi.
Ma’lumot uchun, mazkur mahallada 21 nafar fuqaro hokim yordamchisi ko’magida imtiyozli kredit olib, issiqxona tashkil qilgan. Hozirda ular meva-sabzavot, ko’katlar, shuningdek, gul ko’chatlarini yetishtirish bilan mashg’ul.
Mutasaddilar o’rganish mobaynida ana shunday issiqxonalarga borib, tabdirkorlarga yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi. Ularning mavjud muammolari tinglanib, tegishli topshiriqlar berildi.
Bundan tashqari, tashrif davomida mahallada aholi qulayligi uchun barpo etilayotgan bir qancha obyektlar, xususan, saylgoh ham ko’zdan kechirildi.