info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

2023 yilda aholini ro'yxatga olishni asosiy vazifalarini bilasizmi?

2023 yilda aholini ro'yxatga olishni asosiy vazifalarini bilasizmi?
timeicon 09-02-2022

Ko'pgina mamlakatlarda aholini ro'yxatga olish tadbiri kamida har o'n yilda bir marotaba tashkillashtirilishi ana'naga aylangan. Respublikamizda ham endi ana shunday muhim jarayon yo'lga qo'yiladi.
Mustaqil O'zbekiston tarixida ilk bor o'tkaziladigan aholini ro'yxatga olish tadbiri Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 noyabrdagi “O'zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro'yxatga olishga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga asosan, 2023 yil 1-25 noyabrь kunlari amalga oshirilishi belgilangan.
Aholini ro'yxatga olishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- aholining sog'lig'ini mustahkamlash, xotin-qizlar va bolalar uchun shart-sharoitlarni yaxshilash, oilalarga yordam ko'rsatish bo'yicha choralarni ishlab chiqish maqsadida, aholi tarkibidagi, demografik vaziyatdagi o'zgarishlarni baholashga doir ma'lumotlar bazasini kengaytirish;
- shaharlarni va boshqa aholi punktlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mehnat resurslarini joylashtirish hamda ulardan foydalanishning uzoq, o'rta va qisqa muddatli prognozlari va dasturlarini tayyorlash;
- aholini ro'yxatga olish davri oralig'idagi aholi soni
va tarkibining joriy hisobini, hisob-kitoblarini hamda prognozlarini amalga oshirish;
- ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo'yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish.
Aytish lozimki, aholini ro'yxatga olish barobarida yana bir muhim vazifani bajarish ko'zda tutilgan. Bu – hududlarni xaritalash, aholi punktlaridagi uylarning ro'yxatini tuzish bilan bog'liq masala.
Turar va noturar joylarning aniq soni, holati, foydalanilmay yotgan yoki muddatini o'tab bo'lgan binolarni belgilab olish bilan tegishli hududlarda uy-joy, sanoat ob'ektlarni qurish va ta'mirlash masalalariga oydinlik kiritish mumkin bo'ladi. Bir so'z bilan aytganda, respublikaning yangi mukammal kadastr xaritasi yaratiladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech