Yangihayot tumani hokimligida jazoni o'tash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam ko'rsatish bo'yicha Yangihayot tuman hokimligi huzuridagi maxsus komissiyasining 2022-yil yakunlari hisoboti va joriy yilda amalga oshirilishi kutilayotgan ishlar yuzasidan yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Maxsus komissiya a'zolari Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarning ijtimoiy hayotga moslashishida va qayta jinoyat sodir etishlarining oldini olish maqsadida ularning bandligini ta'minlash, oilaviy muammolarini o'rganish yuzasidan kerakli chora-tadbirlar belgilab olishdi.