info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

2-sektor hududidagi mahalla fuqarolari uchun ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi

2-sektor hududidagi mahalla fuqarolari uchun ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi
timeicon 01-01-1970

Kuni kecha tumanimizning 285-umumta’lim maktabida Toshkent shahar prokurori oʻrinbosari hamda Yangihayot tuman prokurori boshchiligida 2-sektor hududidagi mahalla fuqarolari uchun ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi.

Unda jami 45 nafardan ziyod fuqaro ishtirok etdi. Fuqarolar, asosan, davolanish xarajatlarini qoplash, shuningdek, kommunal to'lovlarni to'lash, moddiy yordam, dori-darmon kabi masalalarda murojaat qildi.

Quvonarlisi, qabul davomida 30ga yaqin fuqaroning murojaati joyida hal etilgan bo’lsa, shundan 4 nafar yoshga kontrakt toʻlovlari uchun moddiy yordam, 5 nafar nafariga o’quv kursi xarajatlarini qoplash uchun moddiy yordam va 1 nafariga davolanish xarajatlarini qoplash masalasida amaliy yordam koʻrsatildi. Shuningdek, 3 nafar ijtimoiy koʻmakka muhtoj boʻlgan xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyati boshlash va bandligini ta’minlash uchun tikuv mashina jamlanmasi taqdim etildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech