17 nafar fuqaro ishga joylashish arafasida
Gap shundaki, tumanimizning "Chorbog‘" mahallasidagi 3-umumta’lim maktabida navbatdagi “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda 20 ta ish beruvchi korxona va tashkilotlar o‘zlarining bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.
Ushbu mehnat yarmarkasida ishtirok etgan 70 ga yaqin fuqarolardan 17 nafari munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirildi. Bundan tashqari, 8 nafar fuqaroni kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha yo‘llanmalar berildi.
Shuningdek, bir guruh yarmarka ishtirokchilariga ularning bandligini ta’minlash yuzasidan huquqiy maslahatlar taqdim etildi.