info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

1-oktabr — O'qituvchi va murabbiylar kuni!

1-oktabr — O'qituvchi va murabbiylar kuni!
timeicon 01-10-2023

1-oktabr — O'qituvchi va murabbiylar kuni!

Bu kunda barchamiz bizga saboq bergan, ilm yo'llarida yo'lchi yulduzdek yo'llarimizni yoritgan va bu vazifani ayni paytda ham sharaf bilan bajarib kelayotgan insonlarni kasb bayrami bilan tabriklashga oshiqamiz. Albatta, har birimiz istalgan sohada mehnat qilmaylik, ustoz va murabbiylarga ehtiyojimiz bor. Avvaliga maktabgacha ta'lim muassasasi, keyin maktab, navbati bilan oliy o'quv yurtida ustozlardan saboq olamiz.

"Xalqimizning ustoz otangdek ulug'" degan purhikmat naqlida ham o'qituvchi va murabbiylarga bo'lgan samimiy ehtirom namoyon. Bu bayram, avvalo, o'zining bilim va tajribasi, iste'dod va mahorati, insoniy fazilatlarini, ko'z nuri va qalb qo'rini ayamasdan, ma'rifat yo'lida beminnat xizmat qilayotgan ustoz va murabbiylarimizga nisbatan xalqimizning azaliy hurmat-ehtirom namunasidir.

Haqiqatan ham, umrining ko'p qismini yosh avlodga bilim va tarbiya berishga, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirishga bag'ishlagan, bir so'z bilan aytganda, Vatanimizning ertangi kunining poydevorini yaratayotgan bu insonlarning olijanob mehnatiga har qancha tahsin aytsak oz.

Aziz ustoz va murabbiylar!

Barchangizni O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Siz bizlar uchun ibrat namunasi, yuksak insoniy fazilatlar timsolisiz. Sizlarga mas’uliyatli, mashaqqatli va shu bilan sharafli mehnatingizda zafarlar, oilaviy hayotingizda esa baxt, omad yor bo’lishini tilayman. Barchangizga shogirdlaringiz kamolini ko‘rib yurish saodati nasib etsin. Yoshlarga ilm berish, ularni komil inson etib tarbiyalashdek mas'uliyatli vazifani ado etishda aslo tolmang.

O’ylaymanki, siz mehnatkash ustozlar bundan keyin ham bundanda yuqori pog’onalarni zabt etib, vatanimiz ravnaqi uchun munosib shogirdlarni yetishtirib chiqarasiz. Sizdek mehnatkash, fidoyi ustozlar borligidan faxrlanaman!

Hurmat bilan Yangihayot tumani hokimi Hayot Inogamov

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech