Hurmatli jurnalistlar, blogerlar va tumanimiz ahli!
Ertaga, 23 noyabrь kuni soat 12:00da navbatdagi onlayn brifing boʼlib oʼtadi.
Brifing mavzusi: "Tumanimizda tibbiy yordamga muhtoj aholiga koʼrsatilayotgan yordam va ushbu yoʼnalishda amalga oshirilayotgan ishlar".
Maʼlumotlar tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha oʼrinbosari Mirzohid Komilov tomonidan beriladi.
Brifingni feysbukdagi rasmiy kanalimiz orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.