29-mart kuni soat 11:00 da Yangihayot tuman hokimligining majlislar zalida matbuot anjumani tashkil etiladi. Unda siz tumanimiz aholisining salomatligini saqlash yoʻnalishidagi amalga oshirayotgan ishlar haqida maʼlumotlarga ega boʻlishingiz mumkin.
Matbuot anjumanida Yangihayot tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Kamilov Mirzoxid Mirvaxidovich va tuman tibbiyot birlashmasi rahbari ishtirok etadi va barcha savollarga javob beradi.
Barchangizni matbuot anjumaniga taklif qilamiz!