Konsert dasturiga nima deysiz?
Gap shundaki, 18-iyun soat 19:00 da "DXX kubogi" musobaqasining tuman bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi hamda estradamizning yorqin yulduzlari ishtirokida ajoyib konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, tadbir davomida "Milliy Yangihayot" shiori ostida milliy liboslar ko‘rgazmasi, qiziqarli tomoshalar va bolajonlarning qiziqarli chiqishlari namoyish etiladi.
Tadbir tumanimizning Mehrigiyo va Qo‘rg‘ontepa ko‘chalari kesishmasidan Mirzo Tursunzoda ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida bo‘lib o‘tadi.
Barchangizni kutib qolamiz!