info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Hurmatli yangihayotliklar!

 Hurmatli yangihayotliklar!
timeicon 04-07-2025

Siz uchun xushxabarimiz bor. Yurtimizda subsidiya tartibida uy-joy olish uchun arizalar qabuliga start beriladi.

Ipoteka kreditlari boʼyicha subsidiyalar toʼlashning tasdiqlangan maqsadli koʼrsatkichlari doirasida arizalarni 10-iyul kuni soat 09:00 dan boshlab joʼnatish mumkin. Bu haqida Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Tumanimiz fuqarolari ham uy-joy uchun subsidiyaga Davlat xizmatlari markazlariga bevosita borgan holda yoki “my.gov.uz” yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza topshirishlari mumkin.

Eslatma

Shuningdek, ijtimoiy mezonlarga muvofiq, subsidiya olish uchun fuqarolarga yanada kengroq imkoniyat yaratish maqsadida ularning daromadlarini inobatga olish tartibiga o‘zgartirishlar kiritilgan. Ya'ni ariza beruvchining xohishiga ko‘ra, uning daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlarini kiritishi mumkin bo‘ladi.

Batafsil ma'lumot uchun: 55-510-01-62

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech