info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Hurmatli Yangihayot fuqarolari va tadbirkorlar!

Hurmatli Yangihayot fuqarolari va tadbirkorlar!
timeicon 22-05-2025

Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash va o‘z mulkini rasmiylashtirish niyatida bo’lganlar uchun katta imkoniyat!

Gap shundaki, endilikda Tadbirkorlar o‘z faoliyatini yuritayotgan korxona va tashkilotlari joylashgan hududni, jismoniy shaxslar esa uy-joy qurish uchun ajratilgan yerlarini xususiylashtirishlari mumkin.

Asosiy afzalliklari:
◽️mulk daxlsizligi;
▫️yerni erkin tasarruf qilish;
▫️bu yerdan garov sifatida foydalanib, banklardan kredit olish imkoniyati paydo bo‘lishi;
▫️fuqaro yoki tadbirkorlar elektron onlayn auksion orqali yerni mulk huquqi bilan birga sotib oladigan bo‘lsa, hisoblangan pul mablag‘ini bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjudligi.

Xususiylashtirish mumkin bo‘lgan yerlar (https://telegra.ph/Hurmatli-Yangihayot-fuqarolari-va-tadbirkorlar-05-22)
Xususiylashtirib bo‘lmaydigan yerlar (https://telegra.ph/Hurmatli-Yangihayot-fuqarolari-va-tadbirkorlar-05-22)

Ariza tuman (shahar) hokimi nomiga my.gov.uz portali yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali topshiriladi.

Arizalar 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

Batafsil ma’lumot (http://my.gov.uz/)

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech