info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Tumanimiz xotin-qizlari diqqatiga!

Tumanimiz xotin-qizlari diqqatiga!
timeicon 07-05-2024

Tumanimiz xotin-qizlari diqqatiga!

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlarga tavsiyanoma berish uchun arizalar qabul qilish boshlanganligini maʼlum qiladi!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar “Mahkamasining “Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida” 2022-yil 9-iyundagi 322-son Qarori bilan tasdiqlangan “Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarni davlat oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko‘ra, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat oliy taʼlim muassasalariga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

Batafsil ma’lumot olish uchun Yangihayot tumani oila va xotin-qizlar bo’limi yoki mahalla xotin-qizlar faollariga yoki (71) 210-60-27 raqamiga murojaat qiling.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech