Xotin-qizlar diqqatiga!
Tumanimiz ayollari uchun 1-avgustdan 30-avgustga qadar har kuni soat 8:00dan 13:00gacha 37-oilaviy poliklinikada ko'krak bezi saratoni skriningi tekshiruvi bo'lib o'tadi. Bundan maqsad xotin-qizlarning sog'ligidagi muammolarni vaqtida aniqlab, tezkor tibbiy yordam ko'rsatishdan iborat.
Aziz ayollar! O'z sog'lig'ingizga befarq bo'lmang, imkoniyatdan foydalaning!
Tekshiruv bepul.