Tumanimizda 15-may — "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan "Yangi O'zbekistonning ibratli oilasi" ko'rik-tanlovi o'tkaziladi.
Tanlov jamiyatda oilaviy qadriyatlarni targ'ib qilish va rivojlantirish, yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash va namunali oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish maqsadida tashkil etilmoqda. Tanlovning birinchi bosqichi sektorlar kesimida o'tkaziladi va g'olib oilalar tuman bosqichiga yo'llanma olishadi.
Siz o'z oilangizni atrofdagilar uchun ibratli deb hisoblaysizmi? Unda tanlovda ishtirok eting!
Tanlov shartlari haqida batafsil ma'lumot olish uchun o'z mahallangizning xotin-qizlar faoliga murojaat qiling.