info@yangihayottumani.uz   Для незрячих Голосовая чтение

Xasan va Xusan Raximovlar tumanimizdagi 329-umumta'lim maktabida ta'lim oladi

Xasan va Xusan Raximovlar tumanimizdagi 329-umumta'lim maktabida ta'lim oladi
timeicon 10-07-2023

Xasan va Xusan Raximovlar tumanimizdagi 329-umumta'lim maktabida ta'lim oladi. Ular 11 yildan buyon sportning turon yakka kurash turi bilan shug'ullanib kelmoqda.

 Ikkalasi ham bir qancha musobaqalarda qatnashib, g'oliblikni qo'lga kiritgan. Xususan, Qozog'istonda o'tkazilgan "Open Asian Cup" musobaqasida 27 kg vazn toifasida 1-o'rinni egallashgan. Xasan 2006-yilda tug'ilgan sportchilar o'rtasida o'tkazilgan O'zbekiston chempionatida 2-o'rinni, Toshkent shahar saralash chempionatida 1-o'rinni qo'lga kiritgan.

 Xusan "Nippon kempo" yapon qo'l jangining Toshkent shahar chempionatida va jiu-jitsu sport turida 42 kg vazn toifasida 1-o'rinni egallagan. Xasan va Xusanga turon yakkakurash federatsiyasi tomonidan 1-sport darajasi (qizil belbog') berilgan.

 Egizaklarning asosiy maqsadi — jahon chempioni bo'lish. Ularga niyatlari ijobatini tilaymiz!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech