Bugungi kunda davlat tilining to‘g‘ri qo‘llanishi nafaqat rasmiy hujjatlarimizda, balki hayotimizning eng oddiy, ammo eng zarur bo‘g‘inlarida ham o‘z aksini topishi shart. Shu bois, joriy yilning 30-iyul kuni “Davlat tili haqida”gi va “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi qonunlarga muvofiq, geografik obyektlarni tizimlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 475-sonli qarori qabul qilindi.
Bu qaror oddiygina “ko‘cha ko‘rsatkichlari” haqida emas. Bu – tartib, aniq belgi va qulaylik madaniyatini joriy etish haqida. Chunki til – nafaqat so‘zda, balki manzilda ham aniqlikni talab qiladi.
Qaror asosida Geografik obyektlarning klassifikatori va ko‘cha nomi hamda ko‘chmas mulk obyekti raqami ko‘rsatkichini o‘rnatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Ya’ni endilikda:
Bu nimani anglatadi?
Demak, endi bundan buyon ko‘cha ko‘rsatkichlari “har kim o‘z bilganicha” o‘rnatadigan yozuvlar bo‘lmaydi. Ular yagona davlat tilida, yagona dizayn va standart asosida, barcha uchun tushunarli bo‘ladi. Natijada huquqni muhofaza qilish organlari, tez tibbiy yordam, yong‘in xavfsizligi xizmati, taksi haydovchilari, shuningdek xorijiy mehmonlar manzilga adashmay yetib boradi.
Bu o‘zgarish oddiygina ko‘chalarimizni chiroyli qilish emas. Bu – madaniyat va tartibning yangi bosqichi. Chunki manzilning aniq ko‘rsatilishi inson hayotini saqlab qolishi, vaqtni tejashi va xizmat sifatini oshirishi mumkin.
Bizning vazifamiz — yashab turgan hududimizda ko‘cha nomlari va raqam ko‘rsatkichlarining qonun talablariga to‘liq mos bo‘lishiga befarq bo‘lmaslik. Har bir fuqaro o‘z manzilining to‘g‘ri va tartibli belgilanishi uchun mas’uliyatni his qilishi lozim.
Zero, til — millatning yuzidir, manzil esa yurtning. Har ikki yuz ham tiniq va aniq bo‘lishi shart.
Alisher Utkirovich Maxkamov,
Yangihayot tumani hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi