info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Yangihayot tumanidagi koʻcha va mavzelarga nom berish boʻyicha takliflar qabul qilinmoqda

Yangihayot tumanidagi koʻcha va mavzelarga nom berish boʻyicha takliflar qabul qilinmoqda
timeicon 11-09-2023


Toshkent shahri aholisi 10−17-oktyabr kunlari Yangihayot tumanidagi mavze va koʻchalarni nomlash boʻyicha takliflarini yoʻllashi mumkin. “Gazeta.uz” avvalroq poytaxtdagi 200 ga yaqin geografik obyektning nomi yoʻqligi haqida yozgandi
Toshkent shahri hokimligi Yangihayot tumanida joylashgan ayrim mavze va koʻchalarga nom berish boʻyicha takliflar qabul qilinishi haqida eʼlon berdi.

Ushbu tuman poytaxtning Sergeli va Bektemir tumanlari tarkibidan, shuningdek, Toshkent viloyatining toʻrtta tumanidan tashkil topgan.

“Gazeta.uz” 2021-yilda Toshkent shahri hokimligi Raqamli rivojlanish departamentining kartografiya va toponimika boʻlimi boshligʻi Anvar Jabborov bilan suhbatni eʼlon qilgandi. Uning soʻzlariga koʻra, poytaxtdagi koʻplab obyektlarga hech qanday nom berilmagan, 2021-yil aprel holatiga koʻra, poytaxtda 200 dan ortiq bunday obyektlar mavjud.

Xususan, Sergeli tumanida oddiygina “10-qurilish maydonchasi” deb ataladigan joy bor. “U yerdan uy-joy sotib olgan fuqarolar kadastrlarida koʻchaning nomi oʻrniga qurilish maydonchasining raqami koʻrsatilgan”, — degan Anvar Jabborov.

Shu tariqa Toshkent shahri aholisi yangi hududda yaqinda qurilgan obyektlarga qanday nom berish yoki qayta nomlashni taklif qilishlari mumkin.

Takliflar 10-oktyabrdan 17-oktyabrgacha qabul qilinadi. Taklif etilayotgan nom:

geografik obyektga eng xos boʻlgan belgilarni aks ettirishi;
mazkur obyekt joylashgan yerdagi geografik obyektlar nomlarining mavjud tizimiga mos tushishi;
mahalliy aholining geografik, tarixiy, milliy, etnik, tilga oid va boshqa xususiyatlarini hisobga olishi;
universal va qisqa — koʻpi bilan uchta soʻzdan iborat boʻlishi kerak.
Takliflarni Geonom.tashkent.uz sayti orqali yoʻllash mumkin.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech