Yangihayot tumani sudyasi pora bilan qoʻlga tushgani rad etildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri, Yangihayot tumani sudyasi pora olayotganda qoʻlga olingani haqida xabarlar tarqaldi. Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati ushbu xabarlar yuzasidan munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, ushbu mazmundagi xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi.
Xabarga koʻra, 1-may kuni fuqaro U.R. (vaqtincha hech qayerda ishlamaydi) Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Yangihayot tuman sudining ish yurituvida boʻlgan maʼmuriy huquqbuzarlikka doir ishlar boʻyicha jarimalarni shu sudda ishlaydigan tanishlari orqali kamaytirib berish evaziga 1000 dollar olayotgan paytda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qoʻlga olindi.
Ayni paytda tegishli protsessual harakatlar olib borilmoqda.