Yangihayot tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ijtimoiy soha obʼektlarini qurish, taʼmirlash va jihozlash chora-tadbirlari belgilangan.
Xususan, tumanimizda joylashgan mahallalarda bolalar maydonchalari, sport maydonchalari, ichki yoʼllarni taʼmirlash, mahallalarni tashqi qiyofasini oʼzgartirish, koʼkalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini loyihalash va qurilish-taʼmirlash ishlarini tuman va shahar mahalliy byudjeti mablagʼlari hisobidan amalga oshirish rejalashtirilgan.
Ushbu obʼektlar qurilishi boʼyicha shaffoflikni taʼminlash, korruptsion holatlarga yoʼl qoʼymaslik maqsadida, loyihachi va pudratchi tashkilotlardan kelib tushgan takliflar tuman Obodonlashtirish boshqarmasida tashkil etilgan maxsus ishchi guruh tomonidan oʼrganib chiqiladi.
Hamkorlik istagini bildirganlar, loyihachi (pudrat) tashkiloti haqidagi maʼlumotlar yigʼma jildini koʼrib chiqish uchun tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga taqdim etishi soʼraladi.
Murojaat uchun: 93-131-87-89