Majburiy ijro byurosi Yangihayot tumani bo‘limi davlat ijrochisi 2-darajali yurist Z.M.Vorisov ish yurituvida Fuqarolik ishlariz bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining 25.04.2023 yildagi 2-1003-2307/2409-soni ijro varaqasiga asosan qarzdorlik G.Amirovadan undiruvchi "Cash-U Mikromoliya Tashkent" MCHJ foydasiga 45.263.237 so‘m qarz undirish xamda undiruvni garovdagi davlat raqami 01C348UB bo‘lgan avtotransport vositasiga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.
Ushbu ijro hujjati bo‘yicha qarzdorga yuqoridagi qarzdorligini bartaraf etishlik uchun 15 kun ixtiyoriy muddat berilgan.
Shuningdek, G.Amirova qarzdorligini ixtiyoriy to‘lamaganligi sababli garovdagi avtotransport vositasi xatlandi hamda vaqtinchalik saqlashlik uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Hozirda ushbu ijro hujjati bo‘yicha xatlangan avtotransport vositasini onlayn auksion savdoga joylashtirish yuzasidan majburiy ijro harakatlari davom ettirilmoqda.