Аholini roʼyxatga olish — Oʼzbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning muayyan hududlarida oʼtkaziladigan, belgilangan sanada aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy tavsiflarini belgilovchi shaxsga doir maʼlumotlarni yigʼish hamda ularga ishlov berish davriy jarayoni hisoblanadi.
Аholini roʼyxatga olishning asosiy maqsadi Oʼzbekiston Respublikasida aholi tarkibining holati va rivojlanish dinamikasi haqida mamlakatni sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirish sohasidagi davlat siyosatining ustuvor yoʼnalishlarini belgilash va amalga oshirish uchun zarur boʼlgan ishonchli va xolis axborotni olishdan iboratdir.
Аholini roʼyxatga olishning asosiy vazifalari
Аholini roʼyxatga olish sohasini davlat tomonidan tartibga solish Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oʼzbekiston Respublikasida aholini roʼyxatga olishni oʼtkazishga koʼmaklashish boʼyicha respublika komissiyasi, aholini roʼyxatga olish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan oʼz vakolatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Аholini roʼyxatga olish dasturi savollari
Shaxsga doir maʼlumotlarni yigʼish va ularga ishlov berish natijasida shakllantirilgan yigʼma statistik axborot aholini roʼyxatga olishning yakuniy maʼlumotlaridir.