“POLYPLAST TECHNOLOGY” MCHJ QK – PVX va Profil ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan yirik korxonalardan biri.
Loyihaning maqsadi: keng turdagi sifatli PVX va profil ishlab chiqarish ishlab chiqarish, import hajmini kamaytirib, mahalliylashtirish darajasini oshirish.
Hududi: 5,0 gektar, shundan qurilish osti maydoni
3,0 gektar.
Loyiha qiymati: 43,5 mlrd.soʻm. Shundan:
- “POLYPLAST TECHNOLOGY” MCHJ va taʼsischilar mablagʻi 43,5 mlrd.soʻm;
Yillik ishlab chiqarish quvvati: 2 ming tonna
(yoki 1,6 mln.dollar) PVX maxsulotlari ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.
Korxonada qurilish sohasida foydalaniladigan PVX va profil mahsulotlari ishlab chiqariladi, mahsulotlarning
75 foizi import oʻrnini bosuvchi hisoblanadi.
Mahalliylashtirish darajasi: 75 foiz.
Yillik byudjetga tushum: 2,7 mlrd.soʻm.
Korxona oʻzini-oʻzi qoplash muddati: 7 yil.
Yaratiladigan ish oʻrni: 100 ta.
Ishga tushiriladigan davri: 2023-yil dekabr.