Tumanimizdagi O’zbekiston Respublikasi FVV akademiyasida navbatdagi “Jaholatga qarshi ma’rifat” tadbiri tashkil etildi. Tadbir yosh avlodni milliy vatanparvarlik, aqidaparastlik va ularni ma’naviy tahdidlardan asrash maqsadida bo’lib o’tdi.
Sahnaga chiqqan ma’ruzachilar bugungi kunda mediasavodxonlikni shakllantirish, turli g’arazli maqsadlar bilan yoshlar ongiga mafkuraviy ta’sir o’tkazishga urinayotgan insonlarga nisbatan doim sergak bo’lish, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, irodasi mustahkam, zamon bilan hamnafas yoshlarni tarbiyalash bugunning eng dolzarb masalalaridan biri ekanligi ta’kidlab o’tishdi.