Xususan, bugun bir guruh huquq-tartibot xodimlari va mahallalardagi profilaktika inspektorlari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda mutaxassis tomonidan ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashning ahamiyati, diniy bag‘rikenglik va vijdon erkinligi tushunchalarining mazmun-mohiyati, ekstremizm va terrorizm bilan bog‘liq tahdidlarning oldini olish haqida tushunchalar berildi.