info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

“Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida navbatdagi tadbir oʼtkazildi

timeicon 26-08-2022

Tumanimizdagi 329-maktabda Prezidentimizning “Oʼzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining oʼttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik koʼrish va uni yuqori saviyada oʼtkazish toʼgʼrisida”gi qarorining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida yigʼilish tashkil etildi. Unda “Аdolat” SDP fraktsiyasi partiya va uning hududiy Kengashlari, mahalla faollari va fuqarolar ishtirok etdilar.

Tadbirda aholiga Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish hamda fuqarolarning takliflarini olishga doir tadbirlarni davom ettirish kerakligi ham taʼkidlandi.

Shuningdek, “Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida navbatdagi tadbir oʼtkazilib, yigʼilganlarga diniy idora vakili tomonidan yoshlarni turli yot gʼoyalardan asrashga doir tushuncha berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech