"Jaloyir" mahallasiga yondosh qoʼshni mahallalar fuqarolari uchun sayyor qabul va tibbiy koʼrik tashkil etildi.
Koʼrikda 100 nafardan ortiq mahalla fuqarolari kardiolog, lor, okulist, xirurg, EKG, UZI kabi malakali shifokorlar tomonidan tekshiruvdan oʼtishdi hamda qoʼyilgan tashxisga binoan tibbiy maslahatlar oldilar.
Shuningdek, xotin-qizlarga kunlik ovqatlanish ratsionini toʼgʼri tashkil etish uchun tushuncha berildi.