Ustozlar e'tirofda!
Har yili aziz va mo'tabar bo'lgan ustoz va murabbiylarni yod etish, ularni tabriklash Yangihayot tumani hokimligi uchun ham an'anaga aylangan.
Bu yil ham an'anaga sodiq qolgan holda, bir guruh ustozlarimiz bayram bilan qutlandi. Dastlab tuman hokimi ularni bayram bilan tabriklab, mashaqqatli, ammo sharafli kasblari yo'lida ularga omad va muvaffaqiyatlar tiladi.
So'ng yil davomida ta'lim yo'nalishida mehnat qilgan, yangihayotlik yoshlarni tarbiyalashda o'zining munosib hissasini qo'shgan ustozlar tashakkurnoma va sovg'alar bilan taqdirlandi.