Yurtimizda shunday kasb egalari borki, ularning soni u qadar ko'p emas. Bu – kinologiya sohasi xodimlaridir.
Davlat bojxona qo'mitasining Milliy kinologiya markazining fidoyi xodimlari ham bayram munosabati bilan taqdirlandilar. Tuman hokimi o'rinbosari barcha yig'ilganlarga o'z tashakkurini bildirar ekan, sohaning qiziqarli ekanligi bilan bir qatorda o'ziga xos mas'uliyatini ham alohida ta'kidlab, o'z vazifasini sidqidildan ado etayotgan kinologlarni bayram bilan qutladi.