Hurmatli ichki ishlar tizimida faoliyat olib borayotgan fidoyilar!
Sizni bugungi kasb bayramingiz bilan chin dildan tabriklaymiz. Oʻz hayotingizni fuqarolarimizning tinchligi va osoyishtaligi, huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, jamiyatimizda qonun ustuvorligini taʼminlashdek sharafli va masʼuliyatli ishga bagʻishlab kelayotganingiz, fidokorona mehnatingiz yurtimiz tinchligini saqlashda muhim ahamiyatga ega.
Sizga ish faoliyatingizda doimo muvaffaqiyat, omad, metin iroda, mustahkam sogʻlik tilab qolamiz. Doim boshingiz omon, qaddingiz tik, yuzingiz yorugʻ boʻlsin!