Hurmatli ichki ishlar tizimida faoliyat olib borayotgan fidoyilar!
Sizni bugungi kasb bayramingiz bilan chin dildan tabriklaymiz. Jamiyatimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, jinoyatchilikning oldini olish, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish hamda fuqarolar ongida “Qonun – ustuvor, jinoyatga jazo muqarrar” degan hayotiy tamoyilni qaror toptirishda sizlarning oʼrningiz, samarali ishlaringiz, fidokorona mehnatingizning oʼrni beqiyos.
Sizga ish faoliyatingizda doimo muvaffaqiyat, omad, metin iroda, mustahkam sogʼlik tilab qolamiz. Doim boshingiz omon, qaddingiz tik, yuzingiz yorugʼ boʼlsin!