Toshkent shahrida “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimining 3-bosqichini tashkil etish boʻyicha barcha tumanlarda mahalla fuqarolar yigʻini raisining xotin-qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari uchun maxsus oʻquv-seminarlar tashkil qilindi.
Tumanimizda boʻlib oʻtgan oʻquv-seminarda Mahalla va oilani qoʻllab -quvvatlash Vazirining 1-oʻrinbosari , Yangihayot tumani hamda Sergeli tuman MFY raisi oʻrinbosarlari, sektor kotiblari, bandlik, bank, sogʻliqni saqlash va kasaba uyushmalaridan biriktirilgan masʼul xodimlar ishtirok etdi.