Bugun tumanimizda joylashgan markaziy ko’p tarmoqli poliklinika “Aholi o’rtasida Qrim-Kongo gemorragik isitmasi kasalligi tarqalishining oldini olishda Favqulodda vaziyatlar Davlat tizimi xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida o’quv seminari o’tkazildi.
Seminarda tuman favqulodda vaziyatlar bo'limi, tuman tibbiyot birlashmasi, tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi tegishli mutaxassislari ishtirok etdi.
Tadbir davomida qatnashchilarga Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligining kelib chiqish sabablari va unung oldini olish borasida tushuncha va tavsiyalar berildi.