Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish sohasi xodimlari kuni munosabati bilan tumanimizda faoliyat yuritayotgan soha xodimlari taqdirlandilar.
Xizmat vazifasini sidqidildan ado etayotgan, aholi yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun o'z hissasini qo'shayotgan va tumanda kommunal sohaning yaxshilanishi uchun harakat qilayotgan bir qator xodimlar Yangihayot tumani hokimining tashakkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
Tuman hokimi va hokimning uy-joy, kommunal xizmat ko'rsatish va obodonlashtirish masalalari bo'yicha o'rinbosari soha egalarini tabriklab, ularning keyingi ish faoliyatlariga omad tiladilar.