Kuni kecha tuman hokimligida Uchtepa va Yangihayot tuman hokimlari, oʼrinbosarlari va masʼul rahbarlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Unda har ikki tuman vakillari turli yoʼnalishlar, sohalar boʼyicha oʼzaro tajriba almashishdi.
Xususan, iqtisod, investitsiya, kommunal, ijtimoiy, qurilish sohalarida tumanlarda olib borilayotgan ishlar, yangi loyihalar, ulardan koʼzlangan maqsad, ish sifatini yaxshilashda qaratish lozim boʼlgan muhim jihatlar xususida soʼz bordi.
Uchrashuvdan soʼng rahbarlar tumanda olib borilayotgan qurilish ishlarini koʼzdan kechirishdi.