Turkiya kompaniyasi bilan hamkorlik masalasi muhokama qilindi
Bugun Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari, Yangihayot tumani hokimi va Turkiyaning "Rhofa Energy" kompaniyasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda turkiyalik ishbilarmon doira vakillari va mas’ul tashkilot rahbarlari muqobil energiya hamda quyosh panellarini o‘rnatish yo‘nalishdagi loyihalarni Yangihayot tumanida amalga oshirish masalasini ikki tomonlama ko‘rib chiqishdi.
Shuningdek, tadbir davomida deligatsiya a’zolari fotovoltaik tizimlari va quyosh panellarini o‘rnatishning ustuvorliklari haqida taqdimot qilishdi. Yangihayotlik yetakchi tadbirkorlar esa ushbu texnologiyalarga qiziqish bildirib, mutaxasislar bilan fikr almashdi.