Tun-u kun davlat va xalq tinchligi uchun xizmat qilayotgan harbiylarni qancha e'tirof etsak ham oz.
Bayram munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent shahar boshqarmasi 81140-harbiy qism harbiy xizmatchilariga qilayotgan fidoyi mehnatlari uchun tuman hokimining tashakkurnomasi topshirildi.
Tuman hokimi o'rinbosari harbiylar tarkibida xotin-qizlarning borligini alohida ta'kidlab, barchaga tinchligimiz yo'lida beminnat xizmat qilayotganlari uchun o'z minnatdorchiligini bildirdi.