Bugun tumanimizdagi sektor rahbarlari “Chortoq» mahallasiga borishdi.
Bugungi kunda mahalla aholisiga shart-sharoitlar yaratish va ularga qulaylik yaratish maqsadida bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
4 ta sektor rahbarlari bu yerdagi qurilish ishlarining qay darajada olib borilayotgani bilan tanishishdi va sifatga alohida eʼtibor berish kerakligini taʼkidlashdi. Shuningdek, qurilish ishlarini vaqtida tugatish boʼyicha masʼullarga koʼrsatma berildi.