Tumanimizda maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi tizimida faoliyat ko’rsatayotgan rahbar xodimlar uchun o’quv-seminar tashkil etildi.
Unda 140 nafar pedagog xodimlar ishtirok etib, seminar umumta’lim maktabarida diniy-ma’rifat va dunyoviy ahloq asoslarini o’qitish masalalari, ta’lim muassasalarida o’quvchilarni ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarga o’rgatish hamda shu kabi mavzularda bo’lib o’tdi.
Seminar o’quvchilar o’rtasida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan istiqbolli rejalarni belgilab olish maqsadida tashkil etildi.