Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bir guruh mutasaddilar mehnat faxriylari va afg'on urushi qatnashchilarining xonadonlariga borib, ularning holidan xabar oldi. Ular esa o'zlarining o'tgan davrda boshidan kechirgan qiyinchiliklari, urushning insonlar hayotiga ta'siri va xalqning turmush tarzi haqida hikoya qilib berishdi.