Saidazim Baxtiyorov — 12 yosh. Saydazimda bolaligidanoq musiqaning ohangini his etishga qobiliyati boʼlgan. Yosh ijodkor Uspenskiy nomidagi ixtisoslashtirilgan iqtidorli bolalar musiqa maktabida skripka cholgʻusi yoʻnalishida ta'lim oladi.
U bolalikdan ko'plab milliy hamda xalqaro tanlovlarda ishtirok etgan. Xususan, 2024-yilda Kompozitor va Bastakorlar oʻrtasida boʻlib oʻtadigan katta Xalqaro tanlovda qatnashib faxrli o'rinni qo'lga kiritgan. Shuningdek, 2021-yil Parij va Slavakiya, 2022-yil Turkiya shahrida bo'lib o'tgan onlayn tanlovlarda go'lib bo'lgan.
Yosh va umidli musiqachi kelajakda O’zbekiston bayrog'ini yanada yuqori cho’qqilarga ko’tarib, ulkan marralarni zabt etishni maqsad qilgan.