Tumandagi korxona va zavodlar quyosh panellaridan foydalanmoqda
Yangihayot tumanida elektr energiyasini iqtisod qilish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Xususan, "Fayzli" mahallasidagi Janubiy sanoat hududida joylashgan "Sifco International" MChJga quvvati 100 kVt bo‘lgan 190 ta quyosh panellari hamda 2 ta invertor o‘rnatildi. Endilikda mazkur kompaniya elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojning bir qismini quyosh panellari orqali ta’minlaydi.
Hozirda bu kabi ishlar tizimli davom ettirilmoqda.