Unda subsidiya olish maqsadida hujjat topshirgan 30 nafar fuqaroning arizasi koʻrib chiqildi. Ushbu fuqarolarning 7nafariga uy-joy olish uchun subsidiya ajratildi.
Murojaatchilarning aksariyati daromadi yetarli emasligi va nizomda koʻrsatilgan boshqa talablarga javob bermagani uchun murojaati rad etildi. Ularga mutaxassislar tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.