Tuman hokimligida hokim yordamchilari ishtirokida navbatdagi "Jaholatga qarshi ma'rifat" tadbiri bo'lib o'tdi.
Unda jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlash, tinchlikni asrash, aholi orasida turli qonunbuzarlik holatlarini aniqlash, yoshlarni yot g'oyalar ta'siridan himoya qilish to'g'risida so'z yuritildi.
Shuningdek, fuqarolarni ogohlikka da'vat etuvchi tadbirlarni o'tkazish, chet elga uzoq muddatga ishlash yoki o'qishga ketishni rejalashtirgan fuqarolarning turli adashgan guruhlar faoliyatiga aralashib qolmasligini ta'minlash maqsadida profilaktik suhbatlar o'tkazish bo'yicha tavsiyalar berildi.