Tuman hokimining navbatdagi manzili "Yangi Umid" va "Choshtepa" mahallalari bo'ldi.
Xususan, tuma hokimi "Yangi Umid" mahallasida qurilishi rejalashtirilayotgan sayilgoh loyihasi bilan tanishdi. Aholiga qulaylik yaratish uchun nimalarga e'tibor qaratish lozimligi, sayilgoh qurilishiga noodatiy yondashish bo'yicha kerakli tavsiyalar berdi.
Shuningdek, "Choshtepa" mahallasida joylashgan 303-maktabda ham bo'lib, bu yerda qurilayotgan sport maydonlarining qurilish ishlarini ko'zdan kechirdi. 1-oktaybrga qadar ishlarni yakunlash bo'yicha topshiriq berib, sifatga e'tibor qaratish lozimligini alohida ta'kidladi.