Tuman hokimi va prokurori elektr modernizatsiya ishlarini tekshirish maqsadida "Fayzli" mahallasiga bordi.
Yo'ldosh mavzesini elektr energiya bilan ta'minlaydigan DSK nimstansiyasi va RP Indeks oralig'ida 15 km bo'lgan yuqori kuchlanishli kabel tortish reja qilingan. Shu bois, hozirda 400 pm transheya qazish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mutasaddilar mazkur ish jarayonlari bilan tanishdi va aholini uzluksiz elektr bilan ta'minlash uchun ishning sifatli bo'lishiga e'tibor qaratish kerakligini ta'kidladi.