Bugun tuman hokimi "Oriyat" mahallasidagi 122-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti hamda 332-umumtaʼlim maktabida boʼldi.
Unda har ikki muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi va ovqatlanish xonalarining sanitariya holati, bolalar va oʼquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar oʼrganildi.
Shuningdek, hokim "Oriyat" MFY raisi bilan suhbat jarayonida mahallani obodonlashtirish borasida qilinayotgan ishlar va aholi duch kelayotgan muammolarni muhokama qildi.