Tuman hokimining navbatdagi manzili "Gulzor" mahallasi boʼldi. Bugungi kunda hududdagi namunaviy kotdejlar Oʼrta Chirchiq elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan elektr energiyasi bilan taʼminlab kelinmoqda.
Bu yerdagi aholini barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida, Oʼrta Chirchiqdan taʼminlanuvchi xonadonlar endilikda Toshkent shahar Sergeli tumani nimstantsiyasi tomonidan taʼminlanadi. Shu bois, hozirda hududga 50 ta ustunlar oʼrnatilmoqda.
Tuman hokimi ishlar bilan tanishib, masʼullarga ishlarni jadallashtirish boʼyicha topshiriq berdi.