Bugun tuman hokimligida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi mas'ullari va tuman hokimi boshchiligida tumandagi barcha tashkilot, korxona, muassasa rahbarlari uchun yig'ilish o'tkazildi.
Unda ko'p qavatli uylar, jamoat joylari, bekatlar, ijtimoiy soha obyektlarida tozalash va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish, aholini gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvi bilan barqaror taʼminlash, avariyaviy holatlarning barvaqt oldini olish, “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida ekilgan daraxtlarni parvarishlash, hududlar, sayilgohlarni saqlab turish va kengaytirish ishlarini amalga oshirish va shu kabi qator masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, yig'ilishda "Navro'z" umumxalq bayramiga munosib tayyorgarlik ko'rish bo'yicha ham rahbarlarga aniq ko'rsatma va topshiriqlar berildi.