Bugun tuman hokimi tomonidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud tashkiliy masalalar, bajarilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi o‘rinbosarlari, soha mas’ullari, shuningdek, tumanda faoliyat yuritayotgan barcha tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida hududda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, infratuzilma loyihalari, aholi murojaatlari bilan ishlash holati tahlil qilindi. Shu bilan birga, kamchiliklarga zudlik bilan chora ko‘rish, har bir rahbarning mas’uliyatini oshirish, hamjihatlikda ishlash va aniq natijaga erishish bo‘yicha qator topshiriqlar berildi. Tuman hokimi barcha rahbarlardan tashabbuskorlik, mas’uliyat va samaradorlikni oshirishni, aholiga bevosita yaqin bo‘lib, mavjud muammolarga joyida yechim topish lozimligini ta’kidladi.