Toshkent shahar prokurori Yangihayot tumaniga kelib, bir nechta hududni ko'zdan kechirdi.
Xususan, "Yangi Darxon" mahallasida bo'lib, bu yerda aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.
Keyingi manzil "Chorbog'" va "Viqor" mahallalari bo'ldi. Bu yerda shahar prokurori bir muddat ilgari yong'in kelib chiqqan xonadonlarni ko'zdan kechirib, xonadon egalarining bugungi holati bilan tanishdi.